2026-yil 1-iyundan 2029-yil 1-yanvargacha xorijdan naslli qoramol, qo'y va echkilarni O'zbekistonga olib kirish qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadi. Imtiyoz chorvachilik genofondini yangilash va mahalliy zotlarni yaxshilashga qaratilgan.
Bu chora hukumatning 2026-yilda 100 ming bosh qoramol hamda 200 ming bosh qo'y va echki import qilish rejasi bilan uyg'unlashadi. Naslli mol importi go'sht va sut ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qiladi.
Izohlar
0