2030-yilgacha 938 ming gektar yaylovni o'zlashtirish va yaxshilash rejasi taqdim etildi. 2026-2027-yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanadi: 300 ming gektarga yaylov o'simliklari ekiladi, 130 ming gektarda quduqlar o'rnatiladi.
Bu chorvachilik uchun yem-xashak bazasini mustahkamlaydi va cho'l hududlarida chorva boqish imkoniyatlarini kengaytiradi. So'nggi besh yilda sug'orish va melioratsiya tadbirlari natijasida 826,5 ming gektar yer qishloq xo'jaligi aylanmasiga kiritilgan.
Izohlar
0